add

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi

06.10.2025 | 17:0035423

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab mamlakatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi bekor qilinib, uning o‘rnida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi
Prezidentning «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi lavozim — maktab maslahatchisi joriy qilinadi. Bu maqsadda 3 400 ta shtat birligi ajratiladi. Hozirgacha direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sinflar soniga qarab 0,5 yoki to‘liq stavkada ishlab kelgan bo‘lsa, endi bu lavozim barcha maktablarda yagona asosda — to‘liq stavkadagi maktab maslahatchisi bilan almashtiriladi. 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab 0,5 stavkada ishlovchi o‘rinbosarlar lavozimi tugatiladi. Mazkur qarorga ko‘ra, maktab maslahatchisining maoshi direktor o‘rinbosari maoshiga tenglashtiriladi. Shuningdek, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maslahatchilarga 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab lavozim maoshining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Yangi tizimda maktab maslahatchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan birga o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish, yetakchilik va ijodiy faolligini rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. Ular maktab psixologi, mahalla va ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashadi. Shu orqali ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning xulq-atvori, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy dunyoqarashini ilg‘or xalqaro tajriba asosida baholash va rivojlantirish tizimi joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi | Vaqt.uz