add

Mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va ehtiyot qismlar importi uchun bojxona boji 1 foiz stavkada belgilanadi

O‘zbekistonda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Prezidentning 2025 yil 27 mayda qabul qilingan PQ-193-sonli qarorida sohadagi ustuvor yo‘nalishlar va imtiyozlar bayon etilgan.

Mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va ehtiyot qismlar importi uchun bojxona boji 1 foiz stavkada belgilanadi
Qarorga muvofiq, kelgusi uch yil ichida mebel va yog‘och mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mahsulot eksport hajmini 100 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur sanoatda 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 2029 yil 1 yanvargacha mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va ehtiyot qismlar, furnitura hamda aksessuarlar importi uchun bojxona boji 1 foiz stavkada belgilanadi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 2025 yil 1 iyuldan boshlab, o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga mebel mahsulotlari tayyorlash bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. Bu aholining yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, 2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlariga xorijdagi nufuzli tashkilotlardan kasbiy sertifikatlar olish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Teglar

Mavzuga oid