add

Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni urush xavfidan ogohlantirdi

14.08.2025 | 10:0016573

O‘zbekiston Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni qurolli mojarolarda ishtirok etishdan ogoxlantirdi. Bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni urush xavfidan ogohlantirdi
Agentlik ma’lumot berishicha, ayrim davlatlarda mehnat migrantlarini urush va jangovar harakatlarga yollash holatlari ko‘paygan. Bu fuqarolarning hayoti, erkinligi va kelajagiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu munosabat bilan qurolli mojarolar hududlariga yaqinlashish, harbiy operatsiyalarda ishtirok etish, xorijiy qurolli tuzilmalarga qo‘shilish va yollash takliflariga rozi bo‘lish qat’iy man etilgani eslatildi. O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, chet el harbiy xizmatlariga qo‘shilganlik uchun 300 baravargacha BHM miqdorida jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilanadi. Yollanma asosda xizmat qilish esa 3–5 yil ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Agentlik xavf tug‘ilganda darhol O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari yoki Migratsiya agentligi vakolatxonalariga murojaat qilishni tavsiya etdi. «Xochu jit» loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya kamida 902 nafar o‘zbekistonlikni urushga yollagan. Jami 1110 nafar o‘zbekistonlik harbiy hizmatga jalb etilgan; ulardan 109 nafari halok bo‘lgan. O‘zbekistonda tekshiruv va jinoiy ta’qib kuchayganiga qaramay, yollash holatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid