add

«Milliarderlar bunkeri»ning yangi a’zosi: Sukerberg boylar oroliga «qochyapti»

Bugun 17:551 daqiqa

Facebook asoschisi Jeff Bezos, Ivanka Tramp va Jared Kushner yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.

«Milliarderlar bunkeri»ning yangi a’zosi: Sukerberg boylar oroliga «qochyapti»

Amerikalik milliarder Mark Sukerberg AQSHdagi Mayami shahrining nufuzli tumanidan ko‘chmas mulk sotib olmoqchi. The Wall Street Journal va Bloomberg nashrlarining qayd etishicha, u daromad solig‘i nolga teng bo‘lgan Floridani tanlayotgan «o‘ta boylar» safiga qo‘shilmoqda.

Sukerberg Bikeyn ko‘rfazidagi Indian-Krik orolida joylashgan ko‘chmas mulkka qiziqish bildirgan. Ushbu hudud milliardlab dollarlik boylikka ega shaxslar juda zich yashashi sababli «milliarderlar bunkeri» nomi bilan mashhur.

Orolning mashhurligi

Jills Zeder Group brokerlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur oroldan allaqachon Amazon asoschisi Jeff Bezos, NFL yulduzi Tom Bredi, shuningdek, Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner kabi mashhurlar uy sotib olgan.

Ko‘chmas mulk tafsilotlari va narxi

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Sukerberg qasrni Amerikaning Jersey Mike's tezkor ovqatlanish tarmoqlari asoschisi Piter Kankrodan sotib olgan. Ko‘chmas mulk maydoni qariyb 8 ming kvadrat metrni tashkil etadi, kelishuv qiymati esa 150–200 million dollarga baholanmoqda.

Soliq qonunchiligi

Nashrning ta’kidlashicha, milliarderning ushbu qarori Kaliforniya soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq: 1-yanvardan boshlab ushbu shtatda badavlat shaxslar uchun 5 foizlik qo‘shimcha soliq joriy etilgan. Floridada esa regional daromad solig‘i umuman mavjud emas.

Teglar

Mavzuga oid