add

Norasmiy ishchi jalb etgan ish beruvchilar uchun jarimalar oshiriladi

11.08.2025 | 14:4547932

O‘zbekistonda ish beruvchilarning norasmiy bandlikka yo‘l qo‘yishi uchun javobgarligi kuchaytiriladi. Prezidentning 4 avgustdagi farmoyishiga ko‘ra, birinchi marta aniqlangan qoidabuzarlik uchun 30 BHM (12,36 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanadi.

Norasmiy ishchi jalb etgan ish beruvchilar uchun jarimalar oshiriladi
Takroriy holatda esa jarima 100 BHM (41,2 mln so‘m) etib belgilanadi. Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasiga avgust oyida tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi. 2026 yildan boshlab, qurilish tashkilotlarida norasmiy ishchilarni jalb etish holatlari «Shaffof qurilish» onlayn platformasidagi reyting ballarini pasaytiradi. Bu bo‘yicha mas’ul idoralar sifatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va Bandlik vazirliklari belgilandi. Joriy yil mart oyi boshida Bandlik vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga o‘zgartish kiritish taklifini bergan edi. Loyihada mehnat shartnomasisiz ishchi jalb etganlik uchun fuqarolarga 10 BHM, mansabdor shaxslarga esa 30 BHM miqdorida jarima nazarda tutilgan. Takroriy qoidabuzarlik holatida jarima 200 BHM gacha oshirilishi belgilangan edi.

Teglar

Mavzuga oid