Olti davlat prezidentlari Turkmanistonga yig‘ildi. Ular qanday takliflar berdi?
Mintaqa rahbarlari savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib, davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmini hozirgi 13 mlrd dollardan 20 mlrd dollarga yetkazmoqchi. O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo mamlakatlari yaqinlashayotgan hozirgi murakkab xalqaro vaziyatga qisqacha baho berdi. Bishkek esa «bitta sayohat — bir nechta mamlakat» tamoyilini ilgari surdi.
© Foto: Report.azO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi va ayni paytda ham qo‘shni davlatda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida qatnashib, nutq so‘zladi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida o‘tgan sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, yetakchilar dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo mamlakatlari yaqinlashayotgan hozirgi murakkab xalqaro vaziyatga qisqacha baho berdi:
«Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, keskinlik kuchaymoqda, savdo va transport aloqalari qayta shakllanmoqda, yangi xatarlar paydo bo‘lmoqda», — dedi davlat rahbari.
Shu bois, hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma faoliyatni yanada yaqinroq muvofiqlashtirish ahamiyati ko‘rsatib o‘tildi. Avvalo, tarixiy, iqtisodiy va transport aloqalari mavjud mintaqalar bilan yagona hamkorlik makonini shakllantirish g‘oyasi ilgari surildi. Paydo bo‘layotgan imkoniyatlardan foydalanib, bu aloqalarni ancha mustahkamlash hamda savdo, transport, energetika, sanoat va yangi texnologiyalarni birgalikda rivojlantirish bo‘yicha aniq mazmun bilan boyitish zarurligi ta’kidlandi.
Ushbu masalalarni kelgusi yili Toshkentda o‘tkaziladigan «Tinchlik va barqaror o‘zaro bog‘liqlik yo‘lida mintaqalararo muloqot: Markaziy Osiyo yondashuvi» xalqaro konferensiyasida batafsil muhokama qilish taklif etildi.
Mirziyoyev iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
«Biz o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga jiddiy maqsadlar qo‘yganmiz. Endi bu o‘sish qaysi manbalar hisobidan ta’minlanishini belgilab olishimiz kerak», — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Yirik loyihalarni tezroq ishga tushirishga xizmat qiladigan qo‘shma sanoat va texnologik zanjirlar, umumiy raqamli xizmatlar hamda investitsiya mexanizmlarini shakllantirish vazifalari belgilab berildi.
«Biz bir-birimiz bilan oddiy savdo qilishning o‘zi yetarli bo‘lmay qolgan bosqichga yetib keldik. Yakuniy mahsulotni birgalikda yaratishimiz kerak. “Olti iqtisodiyot — bitta mahsulot” formulasi biz intilishimiz lozim bo‘lgan maqsad mohiyatini yaxshi ifodalaydi», — dedi prezident.
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xivada Markaziy Osiyo va Ozarboyjon biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platformani tashkil etish taklif qilindi.
Savdo va investitsiyalar vazirlari kengashiga Ashxoboddagi navbatdagi yig‘ilishida bu masalani batafsil ko‘rib chiqishni topshirish zarurligi qayd etildi. Shundan so‘ng mintaqa mamlakatlarining zamonaviy transport-logistika tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish ahamiyati ta’kidlandi.
«Biz global savdoning asosiy quruqlik yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda yirik iqtisodiy faollik markaziga aylanishimiz mumkin. Biroq buning uchun avtomobil va temiryo‘llar qurishning o‘zi yetarli emas. Transport infratuzilmasini rivojlantirishda umumiy yondashuv zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yirik loyihalar yagona tizim sifatida ishlashi uchun ularni muvofiqlashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
«Yangi transport yo‘laklari bo‘ylab ishlab chiqarish korxonalari, logistika va xizmat ko‘rsatish obyektlari, sanoat zonalari paydo bo‘lishi kerak. Shunda transport yo‘nalishi o‘z atrofida iqtisodiy faollikni yuzaga keltirib, u o‘tadigan har bir davlatga ancha katta samara keltiradi», — dedi davlat rahbari.
Shu maqsadda Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kengashni tashkil etishni tezlashtirish va uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi.
Energetika sohasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Mintaqa uglevodorodlardan tortib, gidroenergetika, quyosh va shamol generatsiyasigacha bo‘lgan turli resurslar va katta salohiyatga ega ekani qayd etildi. «Yashil» rivojlanishning ahamiyatini hisobga olib, past uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash tashabbusi ilgari surildi. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, bu yangi generatsiya quvvatlarini qurish, zamonaviy energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratish bo‘yicha ishlarni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Suv resurslari va iqlim o‘zgarishi ham birgalikda yechim topishni talab qiladigan yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatildi. Zamonaviy raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligini e’lon qilishga doir umumiy tashabbusni to‘liq ro‘yobga chiqarishga chaqirildi.
Kelgusi yili O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilishini inobatga olib, jamg‘arma faoliyati samaradorligini oshirish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalar taqdim etildi.
Afg‘oniston bilan suv resurslaridan foydalanish masalalari yuzasidan mintaqa barcha mamlakatlarining manfaatlarini hisobga olgan holda doimiy va predmetli muloqotni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Havoning ifloslanishi mintaqa mamlakatlari shaharlari uchun jiddiy muammolardan biri ekani ta’kidlandi. Bunga javoban O‘zbekiston ilgari surgan «Markaziy Osiyo toza havosi» xalqaro konsorsiumi faoliyatini mintaqa mamlakatlaridagi sanoat zonalari, agroklasterlar va transport uzellarini ekologik modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot dasturdan boshlash taklif etildi.
Ahamiyati tobora ortib borayotgan yana bir yo‘nalish — muhim minerallar. O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni shakllantirish ishlarini faollashtirish, dastlabki qadamlardan biri sifatida Markaziy Osiyodagi muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish taklif qilindi.
Navbatdagi yirik masalalar majmui texnologik taraqqiyotga bag‘ishlandi.
«Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlash sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruvini allaqachon o‘zgartirmoqda. Iqtisodiyotlarimizning unumdorligi va kelajakda raqobatlasha olishi ko‘p jihatdan shu texnologiyalarga bog‘liq bo‘ladi», — dedi prezident.
Shu munosabat bilan mintaqa mamlakatlari imkoniyatlarini birlashtirish va o‘zaro bog‘langan milliy ma’lumotlar markazlari tarmog‘iga asoslanadigan umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif etildi.
Odamlar mintaqa kelajagini belgilaydigan eng muhim omil ekani ta’kidlandi.
«Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni o‘smoqda, yoshlar ko‘paymoqda. O‘n, yigirma, o‘ttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan ularning ta’limi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bog‘liq», — dedi davlat rahbari.
Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak bo‘lishini tahlil qilish asosida talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi.
Unda bugunning o‘zida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.
Shu asosda universitetlar va professional ta’lim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay olishi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida so‘nggi yillarda ko‘p narsaga erishilganini ta’kidladi. Endi bu yutuqlarni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni o‘n yillar davomida barqaror rivojlanadigan tizimga aylantirish muhimligi urg‘ulandi.
«Formula oddiy: hamjihatlik va ishonch — taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida. Biz kelgusi avlodlarga qanday mintaqani qoldirishimiz uchun mas’ulmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi, odamlarga munosib yashash, ishlash, o‘qish va farzand tarbiyalash imkoniyatini berishi kerak», — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon yetakchilari ham so‘zga chiqdi.
Oltita mamlakat uchun bitta bozor: Japarov onlayn savdoni birlashtirishni taklif qildi
Prezident Sadir Japarov Markaziy Osiyo va Ozarboyjon uchun yagona elektron savdo platformasini yaratishni taklif qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday platforma biznes va iste’molchilarning mintaqaviy mahsulotlarga kirishini kengaytiradi va ularni targ‘ib qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Japarov elektron tijoratni rivojlantirish tegishli logistika infratuzilmasini — yetkazib berish tizimlari, omborxona, bojxona rasmiylashtiruvi va mahsulotlarni kuzatishni yaratish bilan birga amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston loyihani amalga oshirishga Yuqori texnologiyalar parki mutaxassislarini jalb qilishga tayyor. Davlat rahbari, shuningdek, mamlakatlar hukumatlariga qishloq xo‘jaligini qayta ishlash, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va logistika sohalarida ishtirokchilar, moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish muddatlarini ko‘rsatib, aniq qo‘shma loyihalarni belgilashni taklif qildi.
Japarov mintaqa transport aloqalariga alohida e’tibor qaratdi. U iqtisodiy hamkorlikning samaradorligi transport xarajatlari, yo‘nalishlarning ishonchliligi va tranzit sharoitlarining oldindan aytib bo‘lish imkoniyatiga bog‘liqligini bildirdi.
Shu nuqtai nazardan, prezident Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini alohida ta’kidladi.
«Bizning etalonimiz o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi kerak: yetkazib berish xarajatlarini kamaytirish va tranzit vaqtini qisqartirish», — dedi u.
Japarov, shuningdek, Markaziy Osiyo va Ozarboyjon o‘rtasida «bitta sayohat — bir nechta mamlakat» tamoyiliga asoslangan umumiy turizm makonini rivojlantirishni taklif qildi.
Bundan tashqari, davlat rahbari muzliklar, tog‘ ekotizimlarini saqlab qolish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarini ko‘tardi.
To‘qayev olti davlat o‘rtasidagi savdoni 20 mlrd dollarga yetkazishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon rahbarlarining 8-Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
U savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmini hozirgi 13 mlrd dollardan 20 mlrd dollarga yetkazishni taklif qildi. To‘qayev davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratdi. U qo‘shma korxonalar soni ortib borayotgani, sanoat, mashinasozlik, energetika va qishloq xo‘jaligida yirik loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, transport aloqalari kengayib, savdo yo‘lidagi to‘siqlar kamayib borayotganini qayd etdi.
Shu bilan birga, prezident davlatlar o‘rtasidagi savdo salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotganini aytdi. O‘tgan yili o‘zaro savdo hajmi qariyb 13 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu mamlakatlarning jami tovar aylanmasining taxminan 8 foiziga teng.
Davlat rahbarlari uchrashuv yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonotni qabul qildi hamda bir qator ko‘p tomonlama tartibga soluvchi hujjatlarga oid qarorni imzoladi.