add

O‘TY, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports xizmatlar tannarxini pasaytiradi

29.10.2025 | 20:355691

Ilhom Mahkamovga ko‘ra, davlat rahbari yil yakuniga qadar tannarxni 20 foizgacha pasaytirish vazifasin yuklagan.

O‘TY, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports xizmatlar tannarxini pasaytiradi

O‘zbekiston temir yo‘llari, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kabi yirik kompaniyalarga yil boshidagi xizmat tannarxini kamida 20 foizgacha pasaytiriladi. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlat rahbari bu vazifani yil yakuniga qadar yakunlashni topshirgan.

«Bu korxonalar tomonidan so‘zsiz bajariladi va xarajatlarni kamida 20 foizgacha optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shu bilan birga, biz mazkur korxonalar tomonidan xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha 2026 yil uchun ham vazifalarni belgilab, bir haftada alohida qaror qabul qilamiz», - dedi u.

Shuningdek, vazir transport sohasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalasiga to‘xtaldi. U taksi bozorini qonuniylashtirish, jumladan, o‘z-o‘zini band qilgan holda taksi xizmatlarini amalga oshirishga ruxsat berilgani ijobiy natija ko‘rsatganini qayd etdi.

«Shu bilan birga, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi korxonalar o‘z aylanma mablag‘larini hisob raqami orqali ko‘rsatishlari ham ijobiy natija ko‘rsatdi. Lekin, ichki yuk tashuvlarida korxonalar tomonidan hisobotlarning taqdim etilmasligi, bu yashirin iqtisodiyotning bir turidir», - degan Transport vaziri.

Mahkamov ichki yuk tashuvlarida raqamlashtirish va hisobot yuritish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali sohani «soya»dan chiqarish imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid