add

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida haftasiga 1000 ta aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

24.07.2025 | 11:0036313

Moskvada o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Rossiya aviaxuquq organlari parvozlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlarni joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu orqali ikki mamlakat o‘rtasida haftalik reyslar soni 1000 tagacha yetkaziladi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida haftasiga 1000 ta aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
2024–2026 yillarga mo‘ljallangan transport sohasidagi amaliy harakatlar rejasi hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Quyi qo‘mita yig‘ilishi doirasida 21–22 iyul kunlari Moskvada O‘zbekiston va Rossiya aviaxuquq organlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralarda ikki mamlakat transport vazirliklari va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Asosiy e’tibor amaldagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish va aviakompaniyalarga huquqlar berish masalalariga qaratildi. Kelishuvga muvofiq, Toshkent–Moskva yo‘nalishida har hafta 100 ta, Samarqand–Moskvada 46 ta, Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Namangan yo‘nalishlarida jami 112 ta reys amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkentdan Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk va Sochiga har hafta 42 ta reys belgilandi. Bundan tashqari, «uchburchak» shaklidagi parvozlar uchun kompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Har bir aviakompaniya 5 tagacha shaharni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Rossiyaning 80 ta, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlari o‘rtasida umumiy hisobda 763 ta reysga ruxsat berildi. bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 310 tadan ortiq reys amalga oshirilsa, yangi kelishuvlar orqali bu ko‘rsatkich 1000 dan oshishi kutilmoqda. Bu esa turizm, yuk tashish va savdo aloqalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochadi.

Teglar

Mavzuga oid