add

O‘zbekistonda 9 oyda turizm xizmatlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetdi

Bugun 14:251211

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mln nafar xorijiy sayyoh kelgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 9 oyda turizm xizmatlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetdi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga 8,6 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 112,5 foizga ortdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, turizm xizmatlari eksporti 3,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 146 foizga oshdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi Miraki dam olish maskanida 600 o‘rinli 2 ta mehmonxona, 60 ga yaqin uy mehmonxonalari, dor yo‘li, 200 o‘rinli restoranlar, 520 gektarli agroturizm hamda daryo qirg‘og‘ida 10 km uzunlikdagi salomatlik yo‘laklari qurildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida 10 ta ko‘cha (11,6 km) savdo, turizm va gastronomik ko‘chaga aylantirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida AQSHdan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 28,6 ming nafarga yetgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oyda turizm xizmatlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetdi | Vaqt.uz