add

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab qancha kishi vafot etgani ma’lum qilindi

Bugun 11:552902

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 5895 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularning 2689 tasi piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab qancha kishi vafot etgani ma’lum qilindi

2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida respublika bo‘ylab 5895 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Ularda 1303 kishi halok bo‘lgan, yana 4592 fuqaro jarohat olgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan YTHlar soni 3,8 foizga, ya’ni 6127 tadan 5895 taga kamaygan. Tan jarohati bilan bog‘liq holatlar 3,5 foizga — 4759 tadan 4592 taga, o‘lim bilan bog‘liq hodisalar esa 4,8 foizga — 1368 tadan 1303 taga tushgan. Piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan YTHlar soni ham 5,8 foizga kamayib, 2689 tani tashkil etgan.

Qutbiddin Burxonovning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlarga haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyati oshgani hamda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish orqali erishilgan. Shuningdek, yo‘l harakatini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilgani ham natija bergan.

Shu bilan birga, senator yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hali yechim kutuvchi muammolar borligini ta’kidladi. Uning fikricha, ayrim hududlarda yo‘l belgilarining yetishmasligi, yo‘l holatining yomonligi va piyodalar uchun sharoitlarning kamligi holatlar sonini ko‘paytirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 9364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 2203 kishi halok bo‘lgan va 9 mingga yaqin fuqaro jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz avvalroq yo‘l qoidalarini buzganlarga jarima o‘rniga endi og‘zaki ogohlantirish ham berilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab qancha kishi vafot etgani ma’lum qilindi | Vaqt.uz