add

O‘zbekistonda aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi 11,7 mln so‘mga yetdi

Bugun 12:41611 daqiqa

2025 yilning 9 oyida mamlakatda jon boshiga investitsiyalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etildi.

O‘zbekistonda aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi 11,7 mln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 11,7 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga o‘sdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Navoiy viloyati 29,7 million so‘mlik ko‘rsatkich bilan mamlakat bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘ldi. Viloyatdagi sanoat quvvatlari, xom ashyo resurslari va rivojlangan infratuzilma investitsiyalarni jalb etishda muhim omil sifatida qayd etilmoqda. Toshkent shahri 22,9 million so‘mlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Poytaxtda yirik qurilish, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish loyihalari investitsiya hajmini sezilarli oshirgan.

Toshkent viloyatida aholi jon boshiga investitsiyalar 20,3 million so‘mni tashkil etdi. Bu hududda sanoat zonalari va logistika markazlarining kengayishi investitsiya muhitini faollashtirgani ta’kidlandi. Namangan viloyati 16,3 million so‘mlik ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinni, Samarqand viloyati esa 15,2 million so‘m natija bilan beshlikka kirdi.

Avvalroq 2025 yilning 9 oyi mobaynida asosiy kapitalga 443,6 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid