
O‘zbekistonda dam olish kunlari yomg‘irli va salqin ob-havo kuzatiladi
05.06.2025 | 12:2028643
5 iyunda mamlakat bo‘ylab qattiq issiq ob-havo saqlanib tursa, 6–7 iyun kunlari salqin va nam havo oqimi kirib kelishi natijasida ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

5 iyun, chorshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab quriq va qattiq issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat ko‘p joylarda +36...+39 darajani, mamlakatning janubi va cho‘l hududlarida esa +40...+42 darajani tashkil etadi. Faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
6–7 iyun kunlari respublikaga salqin va nam havo massalari kirib kelishi natijasida bir qator viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. 6 iyun kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryoda, 7 iyunda esa Toshkent, Surxondaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat ham pasayishi kutilmoqda — 6 iyundan boshlab shimolda, cho‘l va janubiy hududlarda, 7 iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat +28...+33 daraja atrofida bo‘ladi. Yomg‘ir vaqtida harorat yanada tushib, +25...+27 darajani tashkil etishi mumkin.
8 iyun, shanba kuni esa O‘zbekistonning barcha hududlarida qaytadan quriq ob-havo kuzatiladi va harorat 2–3 darajaga oshishi kutilmoqda.
Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha yetishi, ayrim hududlarda 20–22 m/s gacha kuchayishi hamda chang‘li havo kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 5 iyun kuni ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, harorat +36...+38 darajani tashkil etadi. 6 iyunda shamol kuchayishi mumkin, harorat +33 darajaga tushadi. 7 iyun kuni qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor, harorat +27...+29 darajagacha pasayadi. 8 iyunda esa yana quriq ob-havo kuzatiladi, harorat +33...+35 darajagacha ko‘tariladi.





