add

O‘zbekistonda faktoring bozori hajmi 6,6 trln so‘mga yetdi

Kecha 13:551802 Daqiqa

2025 yilning uchinchi choragida kredit muassasalari jami 6,6 trillion so‘mlik faktoring xizmatlarini ko‘rsatgan, shundan 6,1 trillion so‘mi tijorat banklari va 453 milliard so‘mi mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda faktoring bozori hajmi 6,6 trln so‘mga yetdi

2025 yilning III choragida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan faktoring xizmatlari 6,6 trln so‘mga yetdi, raqamli platformalar esa bozordagi ulushni tez sur’atda oshirib, kompaniyalar uchun asosiy moliyalashtirish manbai sifatida shakllanmoqda.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 6,6 trln so‘mlik umumiy hajmning 93 foizi tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri keldi. 7 foiz ya’ni 453 mlrd so‘m esa mikromoliya tashkilotlariga to‘g‘ri kelgan.

Faktoringning yarmi raqamli formatda amalga oshirilib, 1,8 trln so‘m «Ozplanet» va 1,5 trln so‘m «Finmakon» platformalari orqali taqdim etilgan.

2024 yilda dekabr oyi 630 mlrd so‘m bilan rekord qayd etgan bo‘lsa, 2025 yilning iyun–iyul oylarida ko‘rsatkich 1,1 trln so‘mgacha ko‘tarildi.

Sentyabrda 849 mlrd so‘mlik operatsiyalar amalga oshirilgan. Prezidentning PF–109 farmonidan keyin 2024 yilning oxirgi to‘rt oyi va 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida jami 7,8 trln so‘mlik faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan.

2025-yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik subektlariga davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan jami 3,4 trln so‘m (56 foiz), xususiy banklar tomonidan jami 2,7 trln so‘m (44 foiz) miqdoridagi faktoring xizmatlari taqdim qilingan. Xususan, eng ko‘p faktoring operatsiyalari davlat ulushi mavjud tijorat banklarida, Asaka bank (1 trln so‘m shundan, elektron platforma orqali 508 mlrd so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (735 mlrd so‘m, 695 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (659 mlrd so‘m, 450 mlrd so‘m) hissalariga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, xususiy banklar orasida Kapitalbank – 1,2 trln so‘m (31 mlrd so‘m), Hamkorbank – 564 mlrd so‘m (246 mlrd so‘m) va Asia Alliancye bank – 252 mlrd so‘m (143 mlrd so‘m) bilan faktoring xizmati ko‘rsatishda yetakchilik qilgan.

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 2,9 trln so‘m. Andijon — 1,5 trln so‘m, Toshkent viloyati — 506 mlrd so‘m va Farg‘ona — 345 mlrd so‘m bilan keyingi o‘rinlarda. Eng past ko‘rsatkichlar Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzaxda qayd etilgan.

2025 yil yanvar-sentabr oylarida tijorat banklari regressiya huquqi bilan 152 milliard so‘mlik (umumiy hajmning 2 foizi) xalqaro faktoring xizmatlarini ko‘rsatgan. Xalqaro faktoring bo‘yicha eng ko‘p Mikrokreditbank – 5,5 million dollar (45 foiz) xizmat ko‘rsatgan, keyingi o‘rinlarni O‘zmillibank – 3 million dollar (25 foiz), Asakabank – 2,4 million dollar (20 foiz), Ipak Yo‘li Bank – 946 000 dollar, 47 000 yevro va 9,9 million rubl (9 foiz), shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki – 104 000 dollar (1 foiz) egallagan.

Xalqaro faktoring sektori bo‘yicha sanoat sohasida 81 milliard so‘m (53 foiz), savdo va xizmat ko‘rsatish 68 milliard so‘m (45 foiz), qishloq xo‘jaligida esa 3 milliard so‘mlik (2 foiz) xizmatlar ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholining valuta taklifi talabdan 7,8 mlrd dollarga oshganlig haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda faktoring bozori hajmi 6,6 trln so‘mga yetdi | Vaqt.uz