add

O‘zbekistonda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

Kecha 17:28951 Daqiqa

Mamlakat oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar soni 4 yil ichida 54,5 foizga oshdi.

O‘zbekistonda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchi xodimlar soni 49,6 ming kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, professor-o‘qituvchilar soni 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 17,5 ming kishiga yoki 54,5 foizga oshgan.

Professor-o‘qituvchi xodimlar sonida erkaklar 26,7 ming nafarni (53,8 foiz), ayollar esa 22,9 ming nafarni (46,2 foiz) tashkil etdi.

Hududlar kesimida OTMlarda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,7 ming nafar;

Andijon viloyati — 3,1 ming nafar;

Buxoro viloyati — 3,2 ming nafar;

Jizzax viloyati — 2,1 ming nafar;

Qashqadaryo viloyati — 2,2 ming nafar;

Navoiy viloyati — 1,1 ming nafar;

Namangan viloyati — 2,3 ming nafar;

Samarqand viloyati — 4 ming nafar;

Surxondaryo viloyati — 2 ming nafar;

Sirdaryo viloyati — 0,7 ming nafar;

Toshkent viloyati — 2,5 ming nafar;

Farg‘ona viloyati — 2,7 ming nafar;

Xorazm viloyati — 2,1 ming nafar.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025 o‘quv yilida mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga 381,7 ming talaba qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yilidagidan 2,2 barobarga ortgan.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarda kontrakt to‘lovi muddatlarida o‘zgarish bo‘lgandi. To‘lovning kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha, yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha, shuningdek, kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha amalga oshiriladi. Bunda, OTM rektori tomonidan muddat uzaytirilishi ham mumkin.

Teglar

Mavzuga oid