O‘zbekistonda majburiy mehnat holatlari qaytalanishi xavfi bor — Financial Times

Kecha 18:302 daqiqa

2022 yilda O‘zbekiston paxta sanoatida majburiy mehnatdan “holi” davlat deb e’lon qilingan edi. Financial Times yozishicha, AQSH tomonidan grantlar to‘xtatilishi majburiy mehnat bo‘yicha yana xavotirlarni paydo qilmoqda.

O‘zbekistonda majburiy mehnat holatlari qaytalanishi xavfi bor — Financial Times

2025 yil aprelda Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSH Mehnat vaziri Lori Chaves hukumat moliyalashtirgan tashqi manbalar haqidagi hisobotini o‘qib eshittirgandi. Bu vaqtda Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask kulib yubordi.

Lori Chaves AQSH tashqi yordam yordam dasturlarini bekor qilib, 250 mln dollar tejagani, bunda O‘zbekiston paxta sanoatidagi shaffoflik va hisobdorlikni oshirish kabi loyihalarni moliyalashtirish to‘xtatilganini aytgandi. 

Bu yaqin atrofda o‘tirgan Ilon Maskning kulgusiga sabab bo‘ldi: «Bu narsalar shu qadar kulgiliki, ishonib bo‘lmaydi. O‘zbek paxtachilari? Bu komediyaga sahnasiga o‘xshaydi» , — degandi u.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning martida AQSH O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish loyihasini ham o‘z ichiga olgan 38 mln dollardan ortiq xorijiy yordam (shundan O‘zbekitstonga 3 mln dollar) grantlarini bekor qilgandi.

«Financial Times» O‘zbekistonga bu moliyalashtirish to‘xtashi jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi

O‘zbekiston paxta sanoati faqatgina 2022 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan bolalar va majburiy mehnatdan «xoli» deb e’lon qilingandi. 

Biroq, «Financial Times»da yozilishicha, mamlakatda uyushmalar erkinligi hali ham xalqaro standartlarga to‘liq javob bermaydi. 

«Solidarity Center» mutaxassislari grantlar to‘xtatilishi oqibatida infratuzilmaning butunlay yo‘qolishi majburiy mehnat holatlari qaytalanishi xavfini oshirishini ta’kidlamoqda. 

Markaz vakiliga ko‘ra, ishlilar o‘z shartnomalari qonuniyligini nazorat qilish va buzilgan huquqlarini tiklash mexanizmlaridan mahrum bo‘ldi. 

«Endi O‘zbekistonda ishlaydigan hech qanday infratuzilmamiz qolmadi. O‘sha treninglar natijasida o‘nlab ishchilar o‘z sharoitlarini yaxshilash uchun bu mexanizmlardan foydalangan edi. Masalan, “Mening shartnomam O‘zbekiston qonuniga mos emas” yoki “Shartnomada shunday deyilgan, lekin siz buni bajarmayapsiz”, deya e’tiroz bildirish mumkin edi — endi esa bularning hammasi yo‘qoldi» , — deydi «Solidarity Center» vakili Abbi Makgil. 

Bundan tashqari, AQSH kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi (AAFA) vakillari O‘zbekiston paxtasini sotib olishda xavotir kuchayganini aytmoqda. 

AQSH hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar brendlar uchun «qo‘shimcha kafolat» va monitoring vazifasini o‘tardi.

Shu o‘rinda, 2025 yil davomida O‘zbekistonda to‘qimachilik tolalari, jumladan paxta eksporti 32,3 foizga pasayib ketgan

Teglar

Mavzuga oid