Prezident farmoni: uy-joyga muhtoj yosh oilalar olgan ipotekaning bir qismi budjetdan qoplab beriladi

Bugun 09:451 daqiqa

Ipoteka krediti asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ajratiladi.

Prezident farmoni: uy-joyga muhtoj yosh oilalar olgan ipotekaning bir qismi budjetdan qoplab beriladi

2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bu 20-aprel kuni qabul qilingan «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra, ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

Ipoteka krediti quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ajratiladi:

ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i nomida so‘nggi 3 yilda mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud emasligi.

«Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasi

Farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda uning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda (300 mln so‘m) foizsiz qarz (ssuda) ajratib boriladi.

Teglar

Mavzuga oid