add

O‘zbekistonda oilalar qanchalik baxtli yashaydi?

02.10.2025 | 15:4045723

«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston oilalarining baxtlilik indeksi bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda oilalar qanchalik baxtli yashaydi?
«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqot natijalarini ma’lum qildi. Tadqiqotlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston oilalarida umumiy baxtlilik indeksi o‘sganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot respublikaning 14 ta hududida amalga oshirilib, rasmiy statistika ma’lumotlari asosida hisoblangan. Indeks -1 dan +1 oralig‘ida baholanadi. O‘zbekiston bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 2023 yilda +0,56 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda +0,611 ballga yetgan. Shu tariqa, ikki yil ichida indeks +0,051 ballga ko‘tarildi. Institut xulosasida qayd etilishicha, bu o‘sish oilalarning ko‘pchiligi hayotga ko‘tarinki ruh va kelajakka ishonch bilan qarayotgani, qiyinchiliklarni esa shukronalik hissi bilan yengib o‘tayotganini tasdiqlaydi. 2025 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oilalari baxtliligining asosiy uch ko‘rsatkichi quyidagicha baholandi: demografik barqarorlik — +0,833 ball; oilaviy qadriyatlarning ahamiyati — +0,791 ball; oilaviy hayotdan qoniqish — +0,734 ball. Tadqiqotda ta’lim olish imkoniyatlari (+0,31), ish bilan ta’minlanish (+0,22), davlat organlari faoliyatidan qoniqish (+0,13) kabi yo‘nalishlarda ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Xulosaga ko‘ra, oila baxtining asosi barqaror qadriyatlar, samimiy munosabatlar hamda iqtisodiy farovonlik bilan uzviy bog‘liq. Shunday ekan, yosh oilalarni uy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga ta’limda imtiyozlar yaratish va tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish bu indeksni kelgusida yanada yuqori darajaga ko‘tarishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid