add

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbulda qo‘lga olindi

30.06.2025 | 13:0046183

Toshkent shahri IIBB tomonidan qidiruvga berilgan va firibgarlik jinoyatida gumon qilingan fuqaro Yesinov Davlatbek Istanbul shahrida qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Mazkur ish bo‘yicha jabrlanuvchilardan ichki ishlar organlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbulda qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbuldagi Bosh konsulxona hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan Yesinov Davlatbek Doniyor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatida ayblanib, Toshkent shahri IIBB tomonidan qidiruvga berilgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida Yesinov Davlatbek Istanbul shahrida ushlandi va belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning noqonuniy harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi ushbu shaxsning faoliyatidan jabr ko‘rgan barcha fuqarolarni yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Bunday murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi. Mazkur holat xalqaro hamkorlik orqali jinoyatchilarni qidirish va ularni O‘zbekistonga qaytarish amaliyoti muvaffaqiyatli davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Qidiruvda bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi bildirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid