add

O‘zbekistonga 10 oyda 75,6 ming nafar xorijlik davolanish uchun keldi

Kecha 11:30641 daqiqa

O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelganlar orasida AQSH, Xitoy, Turkiya va Ozarboyjon kabi davlatlar fuqarolari ham bor.

O‘zbekistonga 10 oyda 75,6 ming nafar xorijlik davolanish uchun keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 75 666 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Tashrif buyurganlar orasida eng katta ulushni 53 045 nafar bilan Tojikiston fuqarolari tashkil etdi. Qirg‘iz Respublikasidan kelgan 13 038 nafar bemor ham mamlakat tibbiy xizmatlaridan foydalangan.

Shuningdek, Qozog‘istondan 6 979 nafar, Rossiyadan 1 709 nafar, Afg‘onistondan 533 nafar bemor kelgani qayd etilgan. Turkmanistondan 215 nafar va boshqa mamlakatlardan esa 65 nafar bemor kelgan.

Shu bilan birga, Turkiyadan 43 nafar, AQSHdan 15 nafar, Xitoydan 14 nafar va Ozarbayjondan 10 nafar bemor davolanish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 9 oyi mobaynida 11 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga davolanish uchun kelgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid