O‘zbekistonga mehmonlar asosan qaysi davlatlardan kelmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatga ikki oyda 1,7 milliondan ortiq sayyoh kirib kelgan.

2026-yilning yanvar-fevral oylarida 156 ta mamlakatdan jami 1 776 336 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki ikki oyida kuzatilgan ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga solishtirganda 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
• Qirg‘iz Respublikasi – 521 138 nafar;
• Tojikiston – 469 060 nafar;
• Qozog‘iston – 386 284 nafar;
• Rossiya – 123 310 nafar;
• Afg‘oniston – 83 613 nafar;
• Turkmaniston – 51 206 nafar;
• Xitoy – 49 080 nafar;
• Turkiya – 24 212 nafar;
• Hindiston – 9 438 nafar;
• Koreya Respublikasi – 5 398 nafar.





