add

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquq: besh bosqichli tizim amalga oshirilmoqda

20.05.2025 | 15:1136583

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishda qadamba-qadam yo‘lga qo‘yilgan besh bosqichli tizim fuqarolarning mulkiy huquqlarini davlat kafolati bilan tan olishda yangi bosqichni boshladi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquq: besh bosqichli tizim amalga oshirilmoqda
Bu haqda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaxsudov ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Tizimning birinchi bosqichida 2024–2025 yillarda jami 3799 ta mahallada xatlov o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Hozirgacha 2000 ta mahallaning chegarasi aniqlanib, «UZKAD» axborot tizimiga kiritildi. Ikkinchi bosqichda 3 mingga yaqin mutaxassis 300 mingdan ziyod ko‘chmas mulk ob’ektlarini o‘lchovdan o‘tkazdi. Barcha ma’lumotlar «Xatlov» axborot tizimida saqlanmoqda. Uchinchi bosqichda esa 219 mingdan ortiq ob’ekt «UZKAD» tizimiga ko‘chirildi — bu davlat tomonidan kafolatlangan yagona platforma hisoblanadi. To‘rtinchi bosqichda 193 mingdan ortiq ob’ekt «UZKAD»da faollashtirildi. Ularning har biri uchun 8 bosqichli tekshiruv o‘tkazildi va 35 turdagi ko‘rsatkichlar tizimga kiritildi. Beshinchi bosqich — mulkiy huquqlarni tan olish jarayoni. «E’tirof» axborot tizimi orqali 122 ming ob’ekt muhokamaga chiqarildi. 13 mingdan ortig‘i jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi, 539 ob’ektga ijobiy xulosa berildi. 221 tasi uchun to‘lovlar amalga oshirildi, 389 ob’ekt esa mahalliy Kengashlar qarori bilan rasmiylashtirildi. Ushbu tizim nafaqat huquqiy kafolat, balki fuqarolar uchun moliyaviy tenglik va tadbirkorlik imkoniyati yaratishda ham muhim o‘rin tutadi.  

Teglar

Mavzuga oid

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquq: besh bosqichli tizim amalga oshirilmoqda | Vaqt.uz