
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston prezidentiga hududiy rivojlanish va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchilar tayinlandi.

Prezidentning tegishli farmonlari bilan administratsiyada bir qator muhim tayinlovlar .
Unga ko‘ra, Ravshan G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shu jumladan, Obid Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Aziz Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.





