add

Prezident qarori bilan Toshkentda yangi universitet ochilmoqda

12.09.2025 | 12:2011663 daqiqa

2029/2030 o‘quv yiligacha qabul qilinadigan talabalar to‘liq davlat granti asosida ta’lim oladi.

Prezident qarori bilan Toshkentda yangi universitet ochilmoqda
11 sentyabr kuni Prezidentning PQ–274-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida «ToshTech» texnika universiteti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Yangi universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil faoliyat yuritadi. Qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan universitetda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dastur orqali talabalar asosiy ta’lim jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab, universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochiladi. Keyingi bosqichda, 2027/2028 o‘quv yilidan magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlari joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar davlat va xorijiy tillarda olib boriladi. Bu esa talabalar uchun xalqaro ta’lim tajribalari bilan tanishish imkoniyatini yaratadi. Qarorga ko‘ra, 2029/2030 o‘quv yiligacha qabul qilinadigan talabalar to‘liq davlat granti asosida ta’lim oladi. Bu chora yangi universitetning nufuzini oshirish va iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Prezident qarori bilan Toshkentda yangi universitet ochilmoqda | Vaqt.uz