Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

10.03.2026 | 12:021 daqiqa

Prokuratura tizimida faoliyat yuritgan Jasur Tursunov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi.

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jasur Sanjarovich Tursunov Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tayinlovga qadar Jasur Tursunov Chiroqchi tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun, Jasur Tursunov 1979 yilda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan bo‘lib, mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Faoliyati davomida u Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori lavozimlarida ham ishlagan. Bu lavozimlarda u huquq-tartibotni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida ish olib borgan.

Viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lumotiga ko‘ra, Qarshi tumanining avvalgi hokimi Zoir Aliqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. U 2023 yil 26-oktabrdan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Teglar

Mavzuga oid