add

Qarz botqog‘i: Rivojlanayotgan davlatlar daromadining 8,6 foizi faqat qarz to‘loviga ketmoqda

28.07.2025 | 21:3043583

Rivojlanayotgan mamlakatlar 2023 yilda chetdan olgan qarzlarini qaytarish va foizlarini to‘lash uchun jami 487 milliard dollar sarfladi. Bu mamlakatlarning yarmi davlat daromadlarining kamida 8,6 foizini faqat qarz to‘lovlariga yo‘naltirmoqda.

Qarz botqog‘i: Rivojlanayotgan davlatlar daromadining 8,6 foizi faqat qarz to‘loviga ketmoqda
BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha tashkiloti (UNCTAD) tarqatgan yangi hisobotga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda tashqi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, ya’ni olingan qarzlarni qaytarish va foizlarini to‘lash bilan bog‘liq yuk ortib bormoqda. 2023 yilda bu maqsadda 487 milliard dollar sarflangan va bu ko‘rsatkich keyingi yillarda yana o‘sishi mumkin. Ekspertlar aytishicha, 2010 yilda rivojlanayotgan davlatlar byudjetining o‘rtacha 4,7 foizi qarz to‘lovlariga sarflangan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 8,6 foizga yetdi. Bu esa davlat moliyasidagi muvozanatni jiddiy tahdid ostida qoldirmoqda. Tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish va eksport tushumlari o‘rtasidagi nisbat ham sezilarli darajada yomonlashgan — 2010 yildagi 3,2 foizdan 6,5 foizgacha o‘sgan. Bu degani, mamlakatlar tashqi qarz uchun ko‘proq valyuta resurslarini sarflashga majbur bo‘lmoqda. UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda tahlil qilingan har uchta rivojlanayotgan mamlakatdan ikkitasi tashqi qarz to‘lovlariga eksportining 5 foizidan ko‘prog‘ini yo‘naltirgan. Bu holat ayniqsa Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi mamlakatlarda kuzatilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid