add

Qirg‘iziston Prezidenti ham Toshkentga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston Prezidenti ham Toshkentga yetib keldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, birinchi navbatda, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish choralari ko‘rib chiqildi.

Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston Prezidenti ham Toshkentga yetib keldi | Vaqt.uz