«Qizil chiziq yoqasidamiz» — O‘zbekistonning 82 milliard dollarlik tashqi qarzi haqida | Fikr vaqti
O‘zbekistonning tashqi qarzi rekord daraja — 82,2 milliard dollarga yetdi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu har bir vatandoshga 2 ming 100 dollardan ko‘proq qarz to‘g‘ri keladi degani. Xo‘sh, mamlakat hozir iqtisodiy «qizil chiziq» yoqasidami yoki bu rivojlanishning tabiiy bahosimi?
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi rekord daraja – 82,2 milliard dollarga yetdi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu bilan uning jon boshiga taqsimi 2 ming 100 dollardan oshgan. Ya’ni, soddaroq aytganda, bugun dunyoga kelgan chaqaloqdan tortib, keksalargacha har birimizning zimmamizda 2 ming 100 dollardan ko‘proq qarz bor.
Hukumat olinayotgan tashqi qarzlarni «rivojlanish imkoniyati» deya atab keladi, lekin jamiyatda ham savollar ko‘pki: bu pullar haqiqatda qayerga ketyapti? Nega xazinaga pul tushsa ham, xarajatlarimiz va qarzimiz to‘xtamay o‘syapti? Biz «qarz botqog‘i» yoqasidamizmi yoki bu rivojlanishning tabiiy bahosimi?
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida shu va boshqa savollarni iqtisodchi professorlar To‘lqin Boboqulov va Islombek Niyozmetov bilan birga tahlil qildik.
Teglar





