
Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi
07.07.2025 | 19:4046933
U 17 iyul kuni shartnoma tuzib, 18 iyulda Lugansk shahriga yuborilgan. 27 iyuldagi raketa zarbasi paytida yaralanib, harbiy gospitalda davolangan. O‘zbekistonga kelganda qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Oliy sudi Rossiyada shartnoma asosida xizmat qilgan 32 yoshli respublika fuqarosini besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, erkak 2018 yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan, RF fuqaroligini olgan, shu bilan birga O‘zbekiston fuqaroligini saqlab qolgan. O‘tgan yili u 2024 yil iyulidan 2025 yil iyunigacha harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma imzolagan. Biroq erkak 2024 yil 27 iyul kuni jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan va sentyabr oyida vaqtincha yaroqsiz deb topilgan.
Dekabr oyida u O‘zbekiston pasporti bilan Samara - Toshkent reysida vataniga qaytgan, shaxsiy telefonini ko‘zdan kechirish chog‘ida jangovar harakatlarda ishtirok etganini ko‘rsatuvchi hujjatlarning fotosuratlari topilgan.
Oliy sud uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi ("Yollanish") bo‘yicha aybdor deb topgan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Uznews nashriga ko‘ra, erkak Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. U 17 iyul kuni shartnoma tuzib, 18 iyulda Lugansk shahriga yuborilgan. 27 iyuldagi raketa zarbasi paytida yaralanib, harbiy gospitalda davolangan. U urushda ishtirok etgani uchun 3 million rubl pul mukofotini olgan va 7 dekabrda O‘zbekistonga qaytib kelgan. Telefonidan urushda qatnashgani va pul mukofoti haqidagi ma’lumotlar topilgan.





