Rossiya taklifi o‘tdi: OPEC+ noyabrdan neft qazib chiqarish hajmini biroz oshiradi
05.10.2025 | 21:323614
OPEC+ a’zolari 2025 yil noyabridan boshlab neft qazib chiqarishni kuniga 137 ming barrelga oshirishga kelishib oldi, bu qaror bozor barqarorligi fonida qabul qilindi.

OPEC+ mamlakatlari noyabrdan boshlab neft qazib chiqarish hajmini kuniga 137 ming barrelga oshirishga kelishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy press-relizi da ma’lum qilindi. Qaror 2023 yil aprelida e’lon qilingan kuniga 1,65 mln barrellik ixtiyoriy qisqartirish doirasida amalga oshiriladi. Hujjatga ko‘ra, ushbu miqdor bozor sharoitiga qarab qisman yoki to‘liq tiklanishi mumkin.
Reuters agentligining yozishicha, qazib chiqarishni oshirish tashabbusi Rossiya tomonidan ilgari surilgan. Saudiya Arabistoni esa 274 ming, 411 ming va 548 ming barrellik yanada katta variantlarni taklif etgan. OPEC ma’lumotida ta’kidlanishicha, qaror dunyo iqtisodiyotining barqaror prognozlari va neft bozoridagi qulay kon’yunktura sharoitida qabul qilingan. Bu holat neft zaxiralarining past darajada ekanini ham aks ettiradi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida Rossiya va Saudiya Arabistoni har biri kuniga 41 ming barrelga, Iroq 18 ming, BAA 12 ming, Kuvayt 10 ming, Qozog‘iston 7 ming, O‘mon 4 ming va Jazoir 4 ming barrelga qazib chiqarishni oshiradi. Korreksiyadan keyin Rossiya uchun kvota kuniga 9,532 mln, Saudiya Arabistoni uchun 10,061 mln, Iroq uchun 4,255 mln, Kuvayt uchun 2,569 mln, BAA uchun 3,399 mln, Qozog‘iston uchun 1,563 mln, O‘mon uchun 808 ming va Jazoir uchun 967 ming barrel darajasida belgilanadi.
Ma’lumki, OPEC+ alyansi dunyodagi yetakchi neft eksport qiluvchi mamlakatlar va ularning hamkorlarini birlashtiradi. Bu tuzilma dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan umumiy neft hajmining taxminan yarmini ta’minlaydi. 2023 yil aprelida uyushma bozorni barqarorlashtirish maqsadida qazib chiqarishni ixtiyoriy ravishda qisqartirgan edi, 2025 yildan esa bosqichma-bosqich oshirishni boshladi.
Avvalroq yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan OPEC+ yig‘ilishida Saudiya Arabistoni neft qazib olishni keskin oshirishni talab qilmoqchi ekani, Rossiya esa sanksiyalar sabab ehtiyotkorlikka chaqirayotgani haqida xabar berilgan edi.