Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi bilan uchrashdi

Bugun 09:352 daqiqa

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekiston–AQSH iqtisodiy hamkorligi, yangi investitsiya loyihalari va qo‘shma platforma ishga tushirish rejalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi bilan uchrashdi

Vashington shahrida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

0

Uchrashuvda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining so‘nggi yig‘ilishi natijalari muhokama qilinib, qo‘shma loyihalar portfelining izchil kengayib borayotgani qayd etildi. Tomonlar strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Saida Mirziyoyeva AQSH tomonining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholab, bu jarayondagi amaliy qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi.

00

«Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman», — dedi Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida.

Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.

000

Shuningdek, AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi rahbari Ben Blek bilan alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar DFC orqali amerikalik sarmoyadorlarni jalb qilish, investitsiyaviy xatarlarni kamaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Shu bilan birga, 2026 yil davomida qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish rejasi ham bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid