add

«Shajara» axborot tizimi 2026 yil 1-sentabrdan ishga tushadi

Bugun 12:257851 Daqiqa

Oila shajarasini shakllantirish xizmati IX asrdan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi.

«Shajara» axborot tizimi 2026 yil 1-sentabrdan ishga tushadi

Avvalroq O‘zbekistonda «Shajara» axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik. 24-noyabrda «Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–228-sonli prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1-sentabrdan fuqarolarning oilaviy shajaralari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etuvchi «Shajara» axborot tizimi joriy etiladi.

Jumladan, «Shajara» axborot tizimida «FHDYning yagona elektron arxivi» axborot tizimidagi dastlabki ma’lumotlar, davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish xizmatini ko‘rsatish imkoniyatlar yaratiladi.

Shuningdek, ushbu tizim orqali X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK ma’lumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali quyidagi davrlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

IX asrdan – 1917 yilgacha;

1918 yildan – 1945 yilgacha;

1946 yildan – hozirgi kunga qadar.

Teglar

Mavzuga oid

«Shajara» axborot tizimi 2026 yil 1-sentabrdan ishga tushadi | Vaqt.uz