add

Shaxsning roziligisiz suratga olish taqiqlanadi — yangi qonunda qanday istisnolar mavjud?

09.10.2025 | 15:3023664

Endi odamning roziligisiz uni suratga yoki videoga olish mumkin emas — faqat qonunda ko‘rsatilgan maxsus holatlarda bunga ruxsat beriladi.

Shaxsning roziligisiz suratga olish taqiqlanadi — yangi qonunda qanday istisnolar mavjud?
Endi odamning roziligisiz uni suratga yoki videoga olish mumkin emas — faqat qonunda ko‘rsatilgan maxsus holatlarda bunga ruxsat beriladi. Qidiruvdagi shaxsni aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda; Jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda; Davlat organlari o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirdan foydalanganda; Qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda; Davlat xizmatchilarini ularning xizmat vazifasini bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda. Jamoat joylarida (ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida shaxslarni tasvirga olishda; Agar tasvir ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno). Shaxs haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda — ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa. Qo‘shimcha ravishda muhim talablar ham belgilangan: Agar jamoat joylariga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lsa, bu haqda odamlar ko‘ra oladigan joyda ogohlantiruv belgisi bo‘lishi shart; Kiyinish, yechinish yoki tanasi yalang‘och holda bo‘ladigan joylarga (masalan, hojatxona, dush, kiyinish xonasi va h.k.) videokuzatuv kameralarini o‘rnatish qat’iyan taqiqlanadi; Shuningdek, insonning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarini uning roziligisiz yashirincha yozib olish yoki tarqatish maqsadida maxsus texnika vositalaridan foydalanganlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Shaxs roziligini keyin bekor qilishi mumkinmi? Agar surat yoki videodan boshqa maqsadda, ya’ni kelishilganidan farqli holda foydalanilsa, yoki u odamning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitsa, shaxs o‘z roziligini bekor qilish huquqiga ega. Agar qoidalar buzilsa, shaxs tasvirdan foydalanishni to‘xtatishni, uni yo‘q qilishni va yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini talab qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid