
So‘m mintaqada yetakchilikni saqlab qolmoqda
29.09.2025 | 15:0020172
So‘nggi besh savdo sessiyasi davomida so‘mning dollarga nisbatan barqaror mustahkamlanishi qayd etildi. Shu davrda qo‘shni valyutalar va yirik jahon pul birliklarida turli yo‘nalishda o‘zgarish kuzatildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, besh kun ichida so‘m 0,8 foizga kuchaygan. Shu bilan birga, rubl 0,5 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, tenge esa 0,3 foizga qadrsizlanishnini boshdan kechirdi.
Yirik xalqaro valyutalar esa aksincha, AQSH dollariga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, frank 0,8 foizga, yevro 0,9 foizga, funt 1,1 foizga, iyena esa 1,2 foizga pasaydi. Bu jarayon global valyuta bozorida dollarning kuchayishi bilan bog‘lanmoqda.
Ekspertlar ta’kidlashicha, so‘mning barqarorligi ichki bozorda talab va taklif muvozanatining saqlanishi hamda tashqi omillarning cheklangan ta’siri bilan izohlanadi.
Shu tariqa, mintaqaviy valyutalar orasida so‘m hozircha yetakchi pozitsiyada qolmoqda. Uning barqarorligi ichki moliyaviy siyosatning izchilligi va bozor omillarining muvozanati bilan ta’minlanmoqda.
Avvalroq 29 sentyabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari orasida dollar ayirboshlashning qulay kurslarini e’lon qilgan edik.





