add

Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

01.08.2025 | 12:3012762

1 avgustdan O‘zbekiston talabalari turar joylarida yashash uchun arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishi mumkin. Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 avgustdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi
Reglamentga ko‘ra, dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar turar joylarga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalarga yotoqxonalarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ajratiladi. Bo‘sh o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 1-kurs talabalari uchun 55–65 foiz, 2-kurs talabalari uchun 15–20 foiz, 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20–25 foizgacha. Arizalarni qabul qilish jarayoni 1 avgustdan boshlanib, o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Bu talabalarga turli vaqtlarda ariza topshirish imkonini yaratadi. Mazkur tartib talabalarning turar joy masalasini shaffof va adolatli hal etishga qaratilgan bo‘lib, ularning yashash shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid