add

Ta’lim muassasalari bazasi yangilanadi

15.07.2025 | 12:1031723

O‘zbekistonda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha yangi talablar va chora-tadbirlar belgilanmoqda. Hukumat qaror loyihasi asosida muassasalar bosqichma-bosqich jihozlanadi.

Ta’lim muassasalari bazasi yangilanadi
O‘zbekiston hukumati «Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarini jihozlash bo‘yicha aniq talab va me’yorlar tasdiqlanishi ko‘zda tutilmoqda. Loyihada maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha talablar aniq bayon etilgan. Ular davlat muassasalari uchun majburiy, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, nodavlat tashkilotlar litsenziya talablari asosida jihozlanishi lozim bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025 yil 1 dekabrga qadar ushbu jihozlash me’yorlarini tasdiqlashi va ularni barcha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishishi shart qilib belgilangan. Ushbu hujjat ta’lim sohasida zamonaviy talablarga mos infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bu me’yorlarni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘radi. Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markaziga esa xalqaro tajriba asosida samaradorlikni tahlil qilish va zamonaviy tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu tashabbus ta’lim muassasalarini nafaqat texnik jihatdan, balki pedagogik va uslubiy jihatdan ham yuksaltirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Ta’lim muassasalari bazasi yangilanadi | Vaqt.uz