
Ta’tilga chiqqan Prezident o‘rniga davlatni kim boshqaradi?
29.09.2025 | 13:4041413
Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Xo‘sh, endi O‘zbekiston hukumati kimning nazoratiga o‘tdi?

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Prezident ta’tilda vaqti uning vakolatlari hech kimga topshirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
«O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 112-moddasida.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta Prezident 2025 yil 6 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 2025 yil 10 yanvar sanasida mehnat ta’tilidan qaytgan edi.
Undan oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 2024 yil 5 avgust sanasida qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgan edi.
Undan avval esa Prezident 2024 yil 22 aprel sanasida qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 2024 yil 29 aprel sanasida qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgan edi.





