add

«Tolibon» Alisher Navoiy yodgorligini qaytadan qurmoqchi

21.08.2025 | 19:0039383

Afg‘onistonda «tolibon»chilar Mozori Sharif shahrida o‘rnatilgan Navoiy haykalini buzib, jamoatchilik va ziyolilarning keskin noroziliga sabab bo‘lgan edi. Endi esa uning o‘rniga yangi haykal quryapti.

«Tolibon» Alisher Navoiy yodgorligini qaytadan qurmoqchi
21 avgust kuni Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar berdi. Marosimda shahar hokimi, mas’ul idoralar rahbarlari, Afg‘oniston shimolidagi TIV vakolatxonasi rahbari hamda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari qatnashgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Navoiyning haykalini butunlay buzib tashlagani yuzasidan rasmiy izoh olganda, haykal o‘rnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi, shoir va mutafakkir uchun yanada ko‘rkam majmua qurilishi lozimligi bois yodgorlik mahalliy hokimiyat tomonidan olib tashlangani, ushbu buzish ishlari Afg‘oniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatchilik bilan kelishilmagani alohida ta’kidlanib, afg‘on tarafi holat yuzasidan taassuf bildirgan edi. Ma’lumot uchun, 2023 yil fevral oyida ham Navoiy haykali begona kishilar tomonidan vayron qilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov holatga munosabat bildirib, bu ishni «vandalizm» deb atagandi.

Teglar

Mavzuga oid

«Tolibon» Alisher Navoiy yodgorligini qaytadan qurmoqchi | Vaqt.uz