add

«Tolibon» Kobulda go‘zallik salonlarini ommaviy yopmoqda

11.08.2025 | 16:4512293

Afg‘oniston poytaxti Kobulda «Tolibon» harakati go‘zallik salonlarini ommaviy yopishni boshladi. Bundan avval salonlarda qariyb 60 ming ayol mehnat qilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi oilasida asosiy boquvchi edi.

«Tolibon» Kobulda go‘zallik salonlarini ommaviy yopmoqda
Tolo News xabar berishicha, shaharda binolar tekshirilib, ichida ayollar saloni aniqlansa, u yerlar talon-toroj qilinimoqda. 2024 yil oxirida «Tolibon» afg‘on ayollariga shifokor va hamshiralikka o‘qishni taqiqlagan. Bu kasblar ular uchun oliy ta’lim olishning oxirgi imkoniyati edi. Chunki 2022 yil dekabrda harakat ayollarning universitetga kirishini ham man etgandi. «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan beri xotin-qizlarga nisbatan ko‘plab cheklovlar joriy qildi. Natijada ayollar ta’lim olish, ishlash, sport bilan shug‘ullanish, sayohat qilish va dam olish huquqidan mahrum etildi. Afg‘onistonda amalda bo‘lgan ayrim taqiqlar quyidagilar: ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorga borishi yoki shifoxonaga yolg‘iz tashrif buyurishi, istirohat bog‘lariga kirishi, oilalar bilan birga restoranlarga bora olishi, ovozlari eshitiladigan reklamalarni efirga uzatishi, sotuvchilar bilan savdolashishi, akusherlik va hamshiralikka o‘qishi hamda bir-biri bilan gaplashishi taqiqlangan. Kanada, Avstraliya, Germaniya va Niderlandiya ayollarga nisbatan diskriminatsiya tufayli «Tolibon» ustidan Xalqaro sudga murojaat qilmoqchi. Avvalroq, Afg‘onistonning janubiy Qandahor viloyatida bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni sotish rasman taqiqlangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

«Tolibon» Kobulda go‘zallik salonlarini ommaviy yopmoqda | Vaqt.uz