add

Toshkent  shahri va viloyatini bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

16.09.2025 | 09:4513792

16 sentyabrdan boshlab Toshkent viloyati aholisi poytaxtning markaziga qulay yetish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Toshkent  shahri va viloyatini bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent tumanining Iftixor mahallasi bekati hamda poytaxtdagi «Chorsu» metro avtovokzali o‘rtasida yangi 177-sonli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ushbu yo‘nalishda hozircha 8 ta zamonaviy, o‘rta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar harakatlanmoqda.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avtobuslar har kuni soat 05:30 dan 23:17 gacha qatnaydi. Yo‘lovchilar uchun belgilangan vaqt orasida muntazam qatnov ta’minlanishi aytilmoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yangi avtobus yo‘nalishi aholining poytaxt markaziga tezroq va qulayroq yetib borishiga xizmat qiladi. Bu ayniqsa, ertalab va kechki yuklama yuqori bo‘lgan paytlarda transport tizimidagi tirbandlikni kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.

Shu tariqa, yangi yo‘nalish orqali Toshkent shahri va viloyati o‘rtasidagi aloqa yanada mustahkamlanadi, aholi uchun transport xizmati samaradorligi oshishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent  shahri va viloyatini bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi | Vaqt.uz