add

Toshkentda ayrim hududlarda avgust oyi davomida issiq suv o‘chiriladi

05.08.2025 | 11:0010763

Toshkent shaharining Shayxontohur tumanida joylashgan bir qator mahalliy qozonxonalarda avgust oyida rejali ta’mir va profilaktika ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentda ayrim hududlarda avgust oyi davomida issiq suv o‘chiriladi
«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumanidagi bir qator qozonxonalarda avgust oyi davomida rejalashtirilgan ta’mir va profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Mazkur ishlar issiqlik manbalarining yozgi reja asosida to‘xtatilishi doirasida o‘tkazilmoqda. Ta’mir jarayonida uskunalar yangilanadi, eski qismlar almashtiriladi hamda nasos uskunalarining ishlashi tekshiriladi. Bu ishlar tizimning barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan. Issiq suv ta’minoti quyidagi sana va manzillarda vaqtincha to‘xtaydi:
  • 4–5 avgust — Navoiy 39 qozonxonasi (39-sonli uy, Navoiy ko‘chasi, Olmazor MFY)
  • 6–7 avgust — Navoiy 37 qozonxonasi (37-sonli uy, Navoiy ko‘chasi, Olmazor MFY)
  • 11–12 avgust — Navoiy 33 qozonxonasi (33-sonli uy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY)
  • 13–14 avgust — Navoiy 29 qozonxonasi (29-sonli uy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY)
  • 18–19 avgust — Navoiy 27 qozonxonasi (27-sonli uy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY)
  • 20–21 avgust — Ko‘kcha 1a qozonxonasi (1–12, 60a-sonli uylar, Ziyo Said ko‘chasi, Ko‘kcha MFY)
  • 25–26 avgust — Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8–10-sonli uylar, 456-sonli bolalar bog‘chasi, QXY ko‘chasi, Zafarobod MFY)
  • 27–28 avgust — Ipakchi 103 qozonxonasi (102–103, 107–110, 114–116-sonli uylar, 105–106-sonli kottejlar, Istirohat ko‘chasi, Ipakchi MFY)
Kompaniya ma’lumoticha, ushbu ishlar yoz mavsumida tizimning samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid