add

Toshkentda YTH tufayli yuzlab xonadonlar gazsiz qoldi

Bugun 10:552411

Mutaxassislar avariya oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Toshkentda YTH tufayli yuzlab xonadonlar gazsiz qoldi

Toshkent shahrida avtomobilning o‘rta bosimli gaz quvuriga urilib ketishi oqibatida yuzlab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, voqea poytaxtning Shayxontohur tumanidagi «Charxnovza» mahallasining Sohibkor ko‘chasida yuz bergan. Avtomobil o‘rta bosimli gaz quvuriga zarar yetkazgan, bu esa gaz chiqshiga olib kelgan.

Oqibatda 38 ta ko‘p qavatli uy, 450 ta mahalliy xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

«Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda YTH tufayli yuzlab xonadonlar gazsiz qoldi | Vaqt.uz