add

Toshkentdagi Mangal Fest pivo festivaliga aylanib, mojaro bilan yakunlandi

03.08.2025 | 09:5236503

1–3 avgust kunlari Toshkentning Taras Shevchenko ko‘chasida o‘tkazilgan Mangal Fest festivali faqat gril taomlari va jonli musiqa bilan emas, balki kelib chiqqan mojaro bilan ham e’tibor markaziga chiqdi.

Toshkentdagi Mangal Fest pivo festivaliga aylanib, mojaro bilan yakunlandi
Tashkilotchilar tadbirning pivo festivaliga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan bo‘lsalar-da, maydonda turli navdagi pivolarning keng taklif etilishi ko‘pchilik ishtirokchilarga uni haqiqiy pivo festivali sifatida ko‘rsatdi. Tadbir davomida bir nechta fuqaro o‘rtasida kelib chiqqan bahs mushtlashuvga aylangan. Mazkur holatning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari va Milliy gvardiya xodimlari mojaroni tezda bartaraf etib, uning kengayishining oldini olgan. Myshtlashuv ishtirokchilarining shaxslari aniqlangan va ular profilaktika suhbati uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Mirabod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Bo‘lib o‘tgan voqeaga qaramay, festival o‘z ishini davom ettirdi. Ammo bu katta miqyosdagi ommaviy tadbirlarni, ayniqsa, alkogol iste’moli yuqori bo‘lgan holatlarda, qay darajada xavfsiz o‘tkazish mumkinligi borasida savollarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, bu ko‘chadagi ikkinchi shunday turdagi festival hisoblanadi. Ilk marotaba 27–29 iyunda o‘tkazilgan pivoli tadbir ham jamoatchilikda katta bahs-munozaraga sabab bo‘lgan va «Milliy tiklanish» partiyasi deputati Firuza Muxamedjanova uni «an’analarga xilof va ma’naviy qadriyatlarga tahdid» deb keskin tanqid qilgan ediyu

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentdagi Mangal Fest pivo festivaliga aylanib, mojaro bilan yakunlandi | Vaqt.uz