add

Tramp: Putin abjir yigit, Bushni, Obamani aldadi...

14.07.2025 | 22:2044283

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lgan muloqotlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Putin bilan suhbatlar samimiy o‘tadi, ammo natijasi ko‘rinmaydi.

Tramp: Putin abjir yigit, Bushni, Obamani aldadi...
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya–Ukraina urushiga oid savolga javob berar ekan, «men eskalatsiyaga emas, bartaraf etishga harakat qilaman», deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘p bor muloqot qilgan va bu suhbatlar «juda yaxshi» tarzda o‘tgan. «Men unga buni to‘xtatish kerakligini aytaman. Suhbat tugagach, o‘zimga «ajoyib suhbat bo‘ldi» deb qo‘yaman. Ammo o‘sha kechasiyoq Kiyevga yana raketalar uchiriladi», - dedi Tramp. U, shuningdek, Putinni qotil deb atashni istamasligini, ammo uni abjir deb hisoblashini qo‘shimcha qildi. Trampning ta’kidlashicha, Putin avvalgi prezidentlar – Jorj Bush va Barak Obamani aldagan, ammo u bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. «Putin — abjir yigit. U ko‘p odamlarni aldagan. Klintonni, Bushni, Obamani, Baydenni aldagan, lekin meni emas. Harakatlar bo‘lishi kerak, natija bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi. Rossiya potensial jihatdan ajoyib mamlakat», - deb aytdi u.

Teglar

Mavzuga oid