add

Tramp Putinning «Burevestnik» raketasi haqidagi bayonotini «o‘rinsiz» deb atadi

27.10.2025 | 14:255231

AQSH prezidenti Putinning «Burevestnik» qanotli raketa sinovlari haqidagi bayonotini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, Moskva yangi qurollar sinovi bilan emas, urushni to‘xtatish bilan shug‘ullanishi lozim.

Tramp Putinning «Burevestnik» raketasi haqidagi bayonotini «o‘rinsiz» deb atadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «Burevestnik» qanotli raketa sinovlari haqidagi bayonotini «o‘rinsiz» deb atadi. Bu haqda u Yaponiyaga parvoz qilayotib o‘z samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi, deb xabar berdi Reuters.

«Urushni tugatishi kerak, — dedi Tramp. — Bir haftada tugaydi, deb o‘ylangan urush to‘rtinchi yildan beri davom etmoqda. Putin qurollar sinovi bilan emas, tinchlik bilan shug‘ullanishi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Vladimir Putin «Burevestnik» raketa tizimi sinovlari yakunlanganini ma’lum qilib, dunyoda unga teng qurol yo‘qligini ta’kidlagan edi. Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning ma’lumotiga ko‘ra, 21 oktyabrda bo‘lib o‘tgan sinov parvozi dastur tarixidagi eng uzoq davom etgani bo‘lib, raketa havoda 15 soat bo‘lgan va taxminan 14 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.

Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev keyinroq ma’lum qilishicha, ushbu sinov haqidagi axborot «to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSH prezidenti ma’muriyatidagi yetakchi shaxslarga yetkazilgan».

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Putinning «Burevestnik» raketasi haqidagi bayonotini «o‘rinsiz» deb atadi | Vaqt.uz