add

Trampdan Kanadaga 100 foizlik boj tahdidi: Xitoy bilan hamkorlik uchun

25.01.2026 | 09:282 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaning Xitoy bilan savdo kelishuvi Vashington uchun xavfli ekanini aytdi va javob sifatida keskin iqtisodiy choralar bilan tahdid qildi.

Trampdan Kanadaga 100 foizlik boj tahdidi: Xitoy bilan hamkorlik uchun

«Agar Kanada Xitoy bilan bitim imzolasa, AQSHga kirib kelayotgan Kanadaning barcha tovarlari va mahsulotlariga zudlik bilan 100 foizlik bojxona tarifi joriy etiladi», — jeb yozdi u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuv Kanada iqtisodiyotini Xitoy ta’siriga to‘liq ochib beradi. U Kanada Xitoy tomonidan «tiriklayin yutib yuborilishi», natijada biznes, ijtimoiy tizim va turmush tarzi vayron bo‘lishini da’vo qildi. Bu bayonot Pekin va Ottava o‘rtasida savdo to‘siqlarini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan so‘ng yangradi.

AQSH rahbari bu orqali Kanada orqali Xitoy tovarlarining Amerika bozoriga kirib kelish xavfi borligini ta’kidladi. U Kanada hukumati bu yo‘l bilan AQSH bojlarini chetlab o‘tishga urinishi mumkinligini keskin tanqid qildi.

 

Siyosiy va iqtisodiy fon

Kanadaning amaldagi bosh vaziri Mark Karni yaqinda Xitoyga qilgan tashrifi chog‘ida Xitoyni ishonchli va barqaror iqtisodiy hamkor sifatida ta’riflagan edi. Shuningdek, u Davosdagi iqtisodiy forumda Yevropa davlatlarini Xitoy sarmoyalarini jalb qilishga chaqirgan.

Tramp esa buni AQSH manfaatlariga tahdid sifatida baholadi. U Kanadani AQSHga qaram «51-shtat» sifatida ishora qilgan holda, Pekin Kanada orqali Amerikaga tovar kiritishga yo‘l ochmoqchi, degan fikrni ilgari surdi.

Hozirgi paytda AQSH bilan Kanada o‘rtasidagi USMCA savdo kelishuvi doirasida ayrim tovarlar istisno qilingan. Shu bilan birga, kelishuvga kirmagan mahsulotlar uchun 35 foizlik boj saqlanib qolgan, po‘lat va alyuminiy kabi sohalarda esa alohida tariflar amal qiladi.

 

Savdo urushi ehtimoli

Mutaxassislar bu bayonot AQSH–Kanada munosabatlarida yangi keskinlikni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, Xitoy bilan yaqinlashuv Vashingtonning savdo siyosatiga qarshi chiqish sifatida qabul qilinishi ehtimoli yuqori.

Teglar

Mavzuga oid