Tungi yorug‘lik ma’lumotlari asosida iqtisodiy o‘sish va urbanizatsiya baholandi
06.08.2025 | 11:1543464
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ilk bor NASA sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari orqali O‘zbekiston shahar va viloyatlaridagi iqtisodiy faollikni tahlil qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakatda birinchi marta NASAning tungi yorug‘lik (NTL) ma’lumotlaridan foydalanib, viloyat va shaharlar kesimida iqtisodiy faollikni baholadi. Tahlil sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilib, xalqaro amaliyotda farovonlik darajasini tezkor va mustaqil o‘lchash usuli sifatida qo‘llaniladi.
Natijalar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan rasmiy statistika o‘rtasida yuqori moslikni ko‘rsatdi. 2020–2024 yillar davrida NTL ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM 63,5 foizga o‘sib, 2 011 dollardan 3 287 dollarga yetgani qayd etildi. Bu ko‘rsatkich rasmiy hisobotlardagi 59,4 foiz o‘sish bilan deyarli mos keladi.
Eng katta o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, so‘nggi 5 yilda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM 3,2 ming dollarga oshib, 7,2 ming dollarga yetdi. Mirabad, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida bu ko‘rsatkich 9 ming dollardan oshib, mamlakat o‘rtacha darajasidan ikki barobar yuqori bo‘ldi.
2024 yilda eng yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy (8,3 ming dollar), Zarafshon (6,8 ming dollar), Samarqand (5,7 ming dollar), Qo‘qon (5,6 ming dollar), Andijon (5,1 ming dollar), Yangiyol (5 ming dollar) va Qarshi (4,8 ming dollar) shaharlarida qayd etildi. Termiz (4,5 ming dollar), Urganch, Marg‘ilon, Kattaqo‘rg‘on (4,3 ming dollar) va Chirchiq (4 ming dollar)da ham yuqori faollik kuzatildi.
Tahlil davomida urbanizatsiya darajasi ham baholanib, shahar aglomeratsiyalariga xos yuqori yorug‘likka ega hududlar soni 21 tadan 26 tagacha oshgani, kam yorug‘likka ega qishloq tumanlari esa 129 tadan 102 taga kamaygani aniqlandi. 27 ta tumanda shahar tipidagi rivojlanish tendensiyasi qayd etildi.
Xalqaro tajriba shahar rivojlanishi va iqtisodiy faollik o‘sishini muvaffaqiyatli iqtisodiy transformatsiyaning asosiy belgisi sifatida ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda ham shaharlar barqaror rivojlanish yo‘lida ekani qayd etildi.