
Turkiya portlari kemalardan Isroil bilan aloqasi yo‘qligi haqida yozma kafolat talab qilmoqda — Reuters
21.08.2025 | 21:3034372
Bu ko‘rsatma Turkiyaning barcha portlariga o‘g‘zaki tarzda berilgani aytilmoqda.

Turkiya port ma’muriyati norasmiy tarzda yuk tashish agentlaridan kemalarning Isroil bilan aloqasi yo‘qligi va ushbu mamlakat uchun harbiy yoki xavfli yuklarni tashimayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishni talab qila boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi
Ta’kidlanishicha, port ma’muriyati agentlarga og‘zaki tarzda yozma kafolatlar taqdim etishni topshirgan va bu masala bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Mazkur yo‘riqnoma Turkiyaning barcha portlariga taalluqli ekanligi ma’lum qilindi.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, kafolat xatida kema egalari, menejerlari va operatorlarining Isroil bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi va kema bortida Isroilga yuborilayotgan ma’lum turdagi yuklar, xususan, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar yoki harbiy texnika yo‘qligi ko‘rsatilishi kerak.





