add

Turkiya Ukraina uchun Qora dengizda xavfsizlik kafolati bo‘lishga tayyor

23.08.2025 | 09:0020783

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Turkiya Qora dengizda xavfsizlik kafolatchisi bo‘lish niyati borligini bildirganini ma’lum qildi. Bu borada u Kiyevda NATO Bosh kotibi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida fikr bildirildi.

Turkiya Ukraina uchun Qora dengizda xavfsizlik kafolati bo‘lishga tayyor
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rasmiylari Qora dengizda xavfsizlik kafolatlarining bir qismi bo‘lishga tayyor ekanini aytgan. Unga ko‘ra, mamlakatlar turlicha imkoniyatlarga ega: ayrimlar harbiy ishtirok, boshqalar razvedka, moliyaviy yordam yoki diplomatik vositachilikni taklif etmoqda. Zelenskiy 22 avgust kuni Kiyevda NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi. «Kim harbiylarini jo‘natish bilan, kim havodan, kim dengizdan, kim moliyalash orqali yordam bera olishini gapirishga erta, kimdir Konstitutsiyasi tufayli bevosita ishtirok etolmaydi, ammo moliyaviy yordam berishga tayyor», — dedi u. U Turkiyaning pozitsiyasini aniqlashtirib, ularning «Biz Ukraina uchun xavfsizlik kafolatining bir qismi bo‘lishga tayyormiz. Bu borada biz professionalmiz, Qora dengizda qanday yordam berishni bilamiz va aynan shunga e’tibor qaratamiz. Bu yerda bizning ishtirokimiz to‘liq bo‘ladi», degan izohini keltirdi. Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Ukrainadagi urushga adolatli yakun yasalishi uchun faol harakat qilmoqda, deb bayonot bergan edi. U AQSHdagi muzokaralarni diqqat bilan kuzatib borayotganini va Turkiya Kiyev hamda Moskva o‘rtasidagi har qanday muloqot tashabbusini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid