Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

25.02.2026 | 10:551 daqiqa

Rejali parvoz vaqtida harbiy qiruvchi qulab tushishi oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘ldi.

Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Turkiyaning Balikesir viloyatida Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Mahalliy OAV, jumladan «Yeni Akit» nashri xabariga ko‘ra, aviahalokat 25-fevral kuni sodir bo‘lgan.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, 9-asosiy aviabazaga qarashli samolyot rejali o‘quv parvozini amalga oshirayotgan vaqtda mahalliy vaqt bilan soat 00:56 da radarlardan yo‘qolgan. Shu vaqtda uchuvchi bilan aloqa ham uzilgan.

Qayerga quladi?

Qiruvchi samolyot Balikesir viloyatidagi Naifli qishlog‘i yaqinida, Izmir–Istanbul avtomagistralining bir qismiga qulagan. Hodisa oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan. Uning shaxsiga oid ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Halokat sababli yo‘lda harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar va qutqaruv guruhlari zudlik bilan jalb etilgan. Mudofaa vazirligi samolyot qoldiqlari topilganini tasdiqlagan.

Balikesir gubernatori Ismoil Ustaog‘li marhum uchuvchining oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

F-16 Fighting Falcon dunyoda eng keng tarqalgan jangovor samolyotlardan biri hisoblanadi. U 25 dan ortiq davlat, jumladan NATOga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlari tarkibida xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid