add

Uch oyda qancha haydovchi jarima bali olganligi ochiqlandi

12.09.2025 | 15:3012273

Joriy etilgan jarima ball tizimi qisqa muddatdayoq intizomni kuchaytirib, qoidbuzarliklar va yo‘l hodisalari sonini sezilarli kamaytirganligi aytilmoqda.

Uch oyda qancha haydovchi jarima bali olganligi ochiqlandi
Joriy yilning iyun—avgust oylarida 63 974 nafar haydovchi 1 ball, 4976 nafar haydovchi 2 ball, 129 nafar haydovchi 3 ball, 14 nafar haydovchi 4 ball va 4 nafar haydovchi 5 ballgacha jarima olgan. Shu bilan birga, 9,3 mlndan ziyod haydovchi umuman jarima balli olmagan. Bu haqda YHXX ma’lumot berdi. 2024 yilning shu davrida 285 mingdan ortiq qoidbuzarlik qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda ular soni 167 mingtaga tushdi. Ya’ni qoidbuzarliklar 58 foizga kamaygan. Haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlar ham 531 tadan 338 taga tushib, 36 foizga pasaygani qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, jarima ballari tizimi 2025 yil 1 iyundan Vazirlar Mahkamasining 6 mayda qabul qilingan qarori asosida amalga kiritilgan edi. Ballar faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalarga nisbatan qo‘llanadi va «E-jarima» moduli orqali avtomatik hisoblanadi. Kamera orqali qayd etilgan qoidbuzarliklar uchun esa ball yozilmaydi, chunki haydovchini aniqlash imkoniyati hozircha mavjud emas. Shuningdek, qoidabuzarlik qilmagan haydovchilar rag‘batlantirilib, 12 oy ichida birinchi marta qoida buzganda ball yozilmaydi. Agar haydovchi 6 oy davomida qoidbuzarlikka yo‘l qo‘ymasa, uning hisobidan 2 ball olib tashlanadi. Biroq 12 oy ichida 12 ball to‘plansa, ish sudga avtomatik yuboriladi va haydovchi 6 oydan 3 yilgacha guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin. Ayrim qoidbuzarlik turlari uchun belgilangan jarima ballari quyidagicha hisoblanadi: Jadval

Teglar

Mavzuga oid